O'zbekiston tog’lari va vodiylari chiroyli va ulug’vor ko’rinishga ega. Tog'li hudulardan, vodiylarga tushish uchun farqli tabiatga ega dunyoni kezib o’tishimiz kerak.
Bugungi kunda tog’li tepalarga chiqish, albatta, yoz paytda qishda emas, asfaltlangan yo'llarda juda osson bo’ladi. Ammo avvalgi vaqtlarda, ot minib yoki piyoda , bu tepalarga yetishish juda qiyin edi.
Chotqol tog'lari massivi, O'zbekistonning asosiy qismidan hosildor Farg'ona vodiysini ajratadi. Bugun har tomondan tog'lar bilan o'ralgan yer bir paytlar dunyoning bu qismida jannat makoni hisoblangan: unumli yerlar, aholi xavfsizligini ta'minlaydigan baland tog'lar.
O'zbek xalqi azaldan mehmondo'st va mehribon xalq. Mehmonlarni uyida kutvolishi uchun, dasturxoni doim tayyor bo’ladi . Bu nafaqat bag’rikenglik va mehmondo'stlik, balki uylar yopiq darvozali baland panjara bilan o'ralganligi bilan ham bog'liq. Uyning balandligi va chiroyi O’zbeklar farovonligiga bog'liq va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatining birinchi belgisidir. Uyning soyali xovlisida albatta mehmonlarga choy doim tayyor bo’ladi. Bugun an'anaviy boylikning ramzi deyarli har uy darvozasini yaqinida uzumzorlar -ular bog'larda ham, ko'chalarda ham o’sadi. Uzum shirin mevalarni xosil beradi va issiq yoz mavsumida soyani ham beradi. Aynan sentyabr oyida uzum pishadi. Ko'chada notanish odam bilan qisqa do'stona suhbatdan keyin bir dasta uzum olish imkoniga ega bo’lasiz. Undan so’ng terilgan shirin mevalarni yeb, choy ichib soyada, suhbatlashasiz.
General Anders uzoq vaqt davomida Sovet hukumati Polsha harbiy qismlarni yaxshi iqlim hududlarga ko'chirishga harakat qilgan, ammo Stalinga faqat Polsha Bosh vaziri Sikorskiy bilan uchrashuvi ta'sir qilgan. Harbiy qismlar Sovet Markaziy Osiyo Respublikalarida, aksariyati O'zbekistonda joylashgan. Bu joylardan biri Farg'ona vodiysi edi-1942 yil boshida Toshloq va Marg’ilon aholi punktlarida 9 ta piyoda diviziyasi mavjud edi. Bugungi kunda, bu davrdan keyin Polsha harbiy qabristonlari qoldi.
Janubiy yo’nalish- Zarafshon To’glari. Bu yerda 6-piyoda diviziyasi O'zbekistonning bu qismini Shimol va Janubga ajratadigan go'zal dovonlardan birini kesib o'tishi kerak edi. Yodgorliklari bilan shimolda Samarqand, janubda esa Buxoro amirligi hukmronlik qiladi.
Zarafshon tog'lari va Samarqand dovoni, ajoyib manzaralar va tosh ko'prikchalariga ega joydir. Tog'larning balandligi emas, balki asosan ularning go'zal ko'rinishi sayohatchilarga ta'sir qiladi. Dovonda siz albatta to'xtab, quruq mevalar, o'tlar va mahalliy yong'oqlar bozorda sotib olishingiz kerak. Bu erda siz quruq pista deb ataladigan yovvoyi pista sotib olishingiz mumkin, chunki biz do'konlarimizdan sotib oladigan farqli o'laroq, ular qo'shimcha ravishda suv bilan sug’orilmaydi. Pistalar o’ziga xos asil ta’mga ega. Yo’lda sochilgan bozorchalar unutilmas muhitni saqlab qolgan. Hech kimni befarq qoldirmaydi. To’g’lar o’rtasida haqiqiy sharqiy mo’jiza. Agar biron zamonaviy beton konstruktsiyaning qoldiqlari – oshxona va kuzatuv minorasi orasidagi binolar bo'lmaganida – Polsha harbiylari 1942 yil boshidagi bu dovonni kesib o'tganday tuyulardi.
6-piyoda diviziyasi askarlari yilning o'sha paytda hanuz qor bilan qoplangan tog'larni kesib o'tib, dunyoning bu qismining eng go'zal joylaridan biriga yo'l olishdi. Odatda, bu cho'l hududidir, lekin suv kiradigan joyda ko’k gullar o’smoqda. Suvning kuchi va ahamiyati bu yerda eng yaxshi ko’rinadi. U qayerda paydo bo'lsa yoki olib kelinsa, manzara yashil makonga aylanadi.
Bugungi kunda odamlar bu joylarga avtomobilda sayohat qilishadi, lekin tuya karvonlari bir marta o'tayotganini tasavvur qilishimiz mumkin. Buxoro bugungi O'zbekistonning ushbu qismidagi eng muhim shaharlardan biri edi. Bu yerda Qadimiy Ipak Yo'lining eng muhim yo'nalishi o'tgan edi. Barcha qimmat baho buyumlar bu yerda Sharqdan G'arbga ketardi. Osiyodan Yevropaga. Bu yo'nalishda tadbirkorlikdan foydalanib shaharlar va qudratli davlatlar o'sib kelardi. Madaniyatlarning chorrahasi doimo ilm va fanning rivojlanishiga hissa qo'shgan. Shuning uchun XIII asrda dunyoning aynan bu qismida ilmiy markaz bo'lgan. Bu erda (Hindistondan zamonaviy Turkiyagacha) Buyuk Temuriylar Imperiyasi bo’lgan va Sohibqiron Amir Temur o'z hukmronligi davrida ko'plab rassomlar va olimlarni davlatiga taklif qilgan. Uning nabirasi Mirzo-Ulug’bek ham ilm-fan sohasida rivojlanishiga hissa qo'shdi. Ushbu tarixga boy joylarda, ozib ketgan va kasal askarlardan iborat Polsha yangi tashkil etilgan armiyasining 1942 yildagi yurishi qayg'uli ko'ringan. Harbiy kiyimda, ular hali ham sovet lagerlarining og’irliklaridan so’ng va ular yashashi kerak bo'lgan surgunning fojiali sharoitlarida yashashga majbur bo’lishgan. Kommunistik tuzum tomonidan yo'q qilinishga mahkum bo'lgan askarlar endi o'z g’ururini takidlab ozod Vatanga qaytish umidga ega bo’lishgan.
Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’ va Chiroqchi atrofida 6 piyoda diviziyalari joylashtirildi. Shahrisabzda ulug'vor Oqsaroy qoldiqlari mavjud. Bu shaharda Sohibqiron Amir Temur tug’ilgan va shahar Byuk Ipak Yo'lida muhim rol o'ynagan. Bugungi kunda sharqiy uslubda bezatilgan minoralarning faqat ikkita qismi va saroyning kichik bir bo’lagi uning qadimiy davridan qolgan, ammo hozir ham ular ta'sirchan va fors me'mori Muhammad Yusuf Tabriziy tomonidan loyihalashtirilgan binoning tarixiy muhumligi haqida tasavvur beradi. Amir Temur imperiyasining tugashi bilan shahar vayron bo’ldi va keyingi urushlar faqat vayronagarchiliklarni yakunladi.
Shahrisabz haqida 1942 yilda Klemens Rudnitskiyni manbalari:" [... Bu Samarqand shahridan 90 km Janubi-Sharqda joylashgan, sobiq Buxoro Amirligi bir qismi bo’lib, Kitob temir yo'l stantsiyasidan 5 km uzoqlikda joylashgan kichik tuman shahridir. Bu yerda asosan O'zbeklar yashaydi va polyak tilida „miasto marchwi” deb ataladi. Ko’p asrlar oldin Shahrisabz Amir Temurning Samarqandga yaqin joylashgan ikkinchi poytaxti bo’lgan. Hozir esa bu Osiyodagi Sovet Rossiyaning oddiy shahriga o’xshaydi. Bundan tashqari, u qisman vayron qilingan, shuning uchun ba'zi joylar yarim aholisiz va tashlangan. Uylar loy va somondan qurilgan, ko’chalari to’r. Butun shahar qadimgi davrlarni eslab, baland, loydan yasalgan qal'a devori bilan o'ralgan. Shaharda uzumzor, tutzor va o’rikzorlar mavjud. Ko'chalarda aylansangiz, har doim ochiq ustunlar va ko'tarilgan minora bilan kichik masjidlar xarobalari bilan maftunkor burchaklarga duch kelishingiz mumkin. Shahrisabzning tok markazida Amir Temur saroyining ulkan xarobalari ko'tarilgan, uning minorasi sharqiy uslubda ko'k emal plitalari bilan bezatilgan, o'zining cheksizligi va go'zalligi bilan hayratga soladi. Shaharning jozibasi bu burchaklarni piyoda yoki eshaklarda aylanib yurgan erkaklar va ayollarning rang-barang va ajoyib liboslari bilan mehmonlarni qiziqtiradi.
Biroq, shaharning aholisi evropadan kelgan odamlari uchun butunlay boshqacha ko’rinadi. Ularning (aholining) ulug'vor o'tmishi haqida qanchalik bilishlarini va bundan faxrlanishlarini tushunish uchun ko'p vaqt kerak bo'ldi. […] Bizlarni ruslar va bolsheviklar deb o’ylashgan ammo biz Lahistondan (Polshadan) kelganimizni tushungalaridan so’nggra , yuraklar va qishloqlar biz uchun ochilardi va askarlarimiz rang-barang cho’ponda yurgan mahalliy boylar va mirzalar bizlar bilan do’st bolganmiz. Ularda afsona bor edi. „Lehcha (polyak) karnay Amir Temur eski minorasidan chalsa- O’zbekiston mustaqil bo’ladi. Va qandaydir tarzda shunday bo'ldi – garchi hech birimiz bu afsonani bilmasak ham - Shahriziabszga harbiy qism kelganidan keyin darhol ikkinchi kuni karnaychi minoraning tepasiga kuniga ikki marta ko'tarila boshladi va u erdan dunyoning to'rt tomoniga Krakov heinal deb nomlagan musiqani chalgan . Amir Temur chavandozining o'qi bir necha yuz yil oldin Krakov minorasida chiqqan musiqasi edi. O’zbeklar avvalo shu ashulani g’alat deb oylashgan va minoraga hayron bo’lib qarashgan, lekin keyinchalikda biz abadiy do’st bo’lganmiz. Hatto bir nechta O'zbeklar bu do'stlikni qabul qilgani uchun Kolimaga jo’natilgan edi” (Klemens Rudnicki, Na polskim szlaku [wspomnienia z lat 1939–1947], Londyn 1983, s. 187–188).
O'zbekistonga kelgan polshalik askarlar ko'pincha juda charchagan. Sovuq taygadan qochib, ular nafaqat tarixiy boy madaniyatga ega bo'lgan mutlaqo yangi hududga kelishgan, hech kimga notanish iqlim sharoitlariga ham duch kelishdi. Avvaliga najot kabi tuyulgan orzu: iliq havo va quyosh tezda charchagan organizmlar uchun la'nat bo'lib chiqdi. Klemens Rudnicki manbalardan shuni bilamiz polk Kitob shahridan 10 km uzoqlikda Polk shtabi va kasalxona "Vinzavod", ya'ni sharob chiqarish zavodining yog'och binolarida joylashgan edi. Bundan tashqari, soya va daraxtlar kam edi, harbiy chodirlarda issiq qamrab oldi, daryoning yaqinligi va undan chiqadigan ko'plab "ariqlar" garnizon uchun malariya chivinlar ko'payish joyiga aylandi” (Klemens Rudnicki, op. cit., s. 188–189). Jerzy Stypułkowski 6 diviziya haqida manbalar: qorin og’rigi va qorin tifi tarqalgan […]. Divizionimda birinchi galda yosh, qobiliyatli askar pchor. Światowiec vafot etdi. Tez orada shu joyda katolik qabristoni mavjud bo’ldi. Odamlar so’ni ko’paymoqda. Sobiq askarlar, ochlikdan kuchsiz qolgan polk shtabiga kelishadi. Askar keldi. Kim bo’lganligini va Qayerdan kelishini bilaolmadik. Bor kuchi bilan 3 zinaga ko’tarlib … vafot etdi. Sayyohini ohiriga yetdi!” (Jerzy Stypułkowski, Wierni przysiędze. Dramat żołnierzy Armii Andersa, Warszawa 2016, s. 181).
Tarixiy obidalar o’rtasida va ekzotik iqlimda polshalik askarlar bir necha oy chidashga majbur bo’lishdi. 1942 yilda Polsha Harbiylari Sovet Ittifoqidan Forsga (Eronga) evakuatsiya qilindi.
Biroq, Polshalik askarlarning katta guruhi bu lahzalarni kuta olmadi va ular O'zbek zaminida abadiy qolishdi. Ular Polshaning 17 qabristonidan birida qolishdi.
tel.: +48 58 323 75 20, fax: +48 58 323 75 30
e-mail: sekretariat@muzeum1939.pl
tel.: + 48 85 672 36 01
e-mail: sekretariat@sybir.bialystok.pl