Polsha Harbiy Kuchlari Sovet Ittifoq hududida (General Anders armiyasi) 1942 yilida Oʻzbekiston SSR hudida

 

1939 yilda Sovet Ittifoqi va Gitlerning Germaniyasi Polshaga hujum qilib Ikkinchi Jahon urushni boshlashdi. 17 sentyabr 1939-yilidan 22 iyun 1941-yilgacha, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSRI) tomonidan Polsha sharqiy qismidagi hududlarni egallash jarayonida yuz mingta Polsha fuqarolar repressiyaga uchradi va SSRI ichiga surgun qilindi. Polshaning tinch aholisi, lagerlarga, qamoqlarga Sibirga hamda Qozogʻistonga surgun qilindi, Sovet hukumati shu jumladan Katin qirg'inini ham amalga oshirdi - natijada 20 mingdan ortiq Polsha ofitserlari va ziyoliylari halok bo’ldi.

III Reyx va SSRI o'rtasidagi urushning boshlanishi (22 iyun 1941-yil) va Qizil Armianing to'liq kuchga ega bo'lmagan yutuqlar oqibatida, Sovet siyosatining Polsha qarashlarini qisqa muddatli yumshatishiga olib kelgan. Sovet Ittifoqida Polsha qurolli kuchini yaratishga ruxsat berildi. Ularning asosiy maqsadi Qizil Armiya bilan birgalikda Germaniyaga qarshi kurash edi. Polsha Harbiy Armiya ya’ni Polsha Qurolli Kuchlar yaratilganlik haqida ma'lumot 30 iyul 1941 yilda imzolangan Sikorski–Mayski shartnomasida e'lon qilindi. Ushbu shartnomaga bir qo'shimcha protokol ham qo'shilgan holda, urush davrida SSRI hududida harbiy qamoqlarda yoki "boshqa muvozanat asoslari" boyicha Polsha fuqarolariga "amnistiya" berilgan. Bu shartnoma shundan tashqari, Sovet-Germaniya Ribbentrop-Molotov kelishuvalari natijasida amalga oshirilgan va barcha shartlarini bekor qilgan.

14 avgust 1941-yilda Moskva shahrida imzolangan harbiy shartnoma asosan "zudlik bilan", bir necha soat ichida Mustaqil Polshaning Polsha Harbiy Kuchlarni yaratishni buyruq berildi. 18 avgust kuni harbiy qomondoni general Vladislav Anders tayinlandi va 4 avgust 1941-yilda qamoqxonadan ozod etildi. 22 oy ichida Moskvadagi Lubyanka qamoqxonasida hibsga olinib, buyruqdan so’ng qamoqdan chiqqan edi.


Harbiy qismlarni tuzilishi 1941 yilning sentabr oyidan Chkalov viloyati (hozirgi Orenburg) va Saratov viloyatlarida boshlandi. Polsha armiyasining shtabi Buzuluk shahrida (Kuybishev) joylashgan edi. U yerga Sovet Ittifoqidagi barcha tomonlardan "amnestiya" natijasida qamoqxonalar, lagerlar va boshqa joylardan ozod qilingan Polyaklar kelishni boshladi. Harbiy xizmatga jalb qilinayotgan insonlar ochlik, va kasallik holatida shtabga kelishadi. Oylar davomida safar qilib sharoitlari og’ir bo’lgan askarlar kasalliklar va jiddiy sog'liqni yo'qotganlarning ko'pinchasi, Polsha armiyasiga qo'shilmoqchi bo'lganlarning bir qismi u yerlarga yetib kelmadilar. Ular yo'lga chiqib, ochlik, qattiq sovuq va kasalliklar sababli halok bo’lishdi.

General Vladislav Anders tashabbusi bilan Sovet Ittifoqininng hududida  Polsha Harbiy Kuchlarini tuzilish mobaynida Yordamсhi Ayol Xizmati ham tashkil qilindi. Ular, birinchi navbatda, yaralanganlarga yordam berishgan, shifoxonalarda va oshxonalada xizmat qilishgan va yetim bolalarga maktablarni boshqarishda yordam berishgan. Ular shuningdek, shtablarida kotib va shifrlash ishini bajarishgan. Undan tashqari temiryoʻl stansiyalarida navbatchilar vazifalarni bajarishgan.


Harbiy xizmatga yoshlarning qoʻshilishi ham amalga oshirilgan edi. Ular 8 dan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar edi. Bolalar ota-onalari SSRI hududida vafot etgan yoki surgun jarayonida oiladan ajratilgan edi. Ular oshxonalarda, omborlarda va to’zalik ishlarida qatnashgan. Vaqt o'tgandan so'ng, yoshlar harbiy mundirlarga ega bo’lib  ta'lim olishga imkoniga ega bo’lishdi. Birinchi galda yoshlarni sog'lig'ini va hayotini saqlash maqsadi muhim bo’lgan, ikkinchidan, kelajakda ularga harbiy ta’lim berish va armiyani kadrlar bilan ta'minlash maqsadi edi. Bir vaqtida, Polshada halok bo’lgan ofitsеrlarning qidiruvlari olib borilgan edi. Ushbu davrda Polsha tarafi, NKVD tomonidan Katin qirg’ini haqida hanuz bilmagan edi.

1941 yil noyabr oyida Polsha harbiy qismlar tuzilishi va Polsha fuqarolarini lagerlardan ozod qilish jarayoni to'xtatildi. Sovetlar bilan munosabatlarda paydo bo'lgan qiyinchiliklar, bosh qo’mondon general Vladislav Sikorskiyning Moskvaga safar qilishi va 1941 yil 3-dekabrda Stalinning uning bilan muloqotlariga olib kelgan edi.


Diktator Polsha delegatsiyasi bilan muloqotlarda ba'zi imtiyozlarga ruxsat berishga rozi bo’ldi. Qurollash masalasida qaror qabul qilindi: ikki piyoda diviziyasi Sovetlar tomonidan, qolgan to'rtasi esa Britaniya va Amerika qo'shinlari tomonidan qurolanadi.  Yangi diviziyalar 1942 yil fevral oyining oxirigacha tashkil etilishi zarur bo’lgan edi. 


Moskvada bo'lgan safar vaqtida boshqa qaror ham qabul qilindi: Polsha armiyasi sovet Markaziy Osiyoga ko'chiriladi. Ko'chirishning a’sosi, ushbu respublikalarda yashash va iqlim sharoitlari yaxshi bo'lganligi va G'arb Ittifoqlar tomonida Polsha birlamalarini oson ta'minlashi edi

Turli qiyinchiliklarga va muammolarga qaramay, general Anders armiyasi rivojlandi va 1941 yil oktyabr oyida 38 mingdan ortiq a'zoga ega bo'lgan edi. 


Qo'shimcha do'kilar sonining o'sishiga etakchi ta'sir etgan qaror, 1941 yil 29-oktyabridagi generalning shahar markazlarida ro'yxatga olish ofitsеrlarini chaqirishi sabab bo’lgan. Biroq, askarlar sonining va armiya quriladigan joylarga keladigan Polsha fuqarolarining sonining o'sishi bilan birga, ta'minot muammolari sezilishi boshlandi. 


Bu vaqtda Sovet hukumati Polsha armiyasiga ta'minlash uchun zarur bo’lgan maxsulotlar hajmini oshirmayotgan holda armiyani ta’minotini kamaytirdi.


Qabristonlar ro’yxatini ko’rish

Oʻzbekiston SSR hududida harbiy qismlar

  • Armiya qo’mondonligi va shtabi- Yangiyo’l
  • 6. diviziya – Shahrisabz, Kitob, Yakkabogʻ va Chiroqchi, qo’mondon – gen. bryg. Michał Tokarzewski-Karaszewicz;
  • 7. diviziya – Karmana, Konimex, Karmana, Narpay, qo’mondon – gen. Zygmunt Bohusz-Szyszko;
  • 9. diviziya – Margʻilon, Toshloq, qo’mondon – mjr dypl. Marian Bolesławicz;
  • Armiyaning Tashkiliy Markazi – Gʻuzor, Qarshi;
  • Armiyaning O’quv Markazi – Vrevskiy (Olmazor- Chinoz tumani);
  • 1. Aloqa punkti – Veliko Alekseyevskaya.

Sovet Markaziy Osiyoga, jumladan Oʻzbekiston SSR ga, Armiyani ko’chirilishidan oldin koʻplab Polyaklar (tinch aholi, shuningdek bolalar ham) kassaliklar, ochlikdan hayotini saqlash maqsadida kelishgan.


Ular ko’plab  kuchsiz sovuqlikdan kasal, qorin tif kassalik sababli sochlarga ega boʻlmagan kelishgan. Kelayotgan odamlar temir yo’l stansiyalar yaqinida yoki qabul qilish komissiyasi binosida vafot etganlar. Ommaviy ravishda kelgan fuqarolar o'zlari bilan dori-darmon etishmasligi tufayli tez tarqaladigan dog'li tif kassalikni olib kelishdi. Kassaliklar tarqalishi Polsha armiyasiga ajratilgan binolarda mavjud bo'lgan dahshatli sanitariya sharoitlari, ifloslangan suv va o’ta issiq iqlim ham sabab bo’ldi. Tif epidemiyasi faqat 1942 yil fevral oyining oxirida tugashni boshladi.


Polsha harbiy qismlar Sovet Markaziy Osiyosiga kelganidan so’ng tinch aholi uchun maktablar, bolalar uylari va kasalxonalar tashkil etildi. Lagerlardagi ishdan charchash va ochlik tufayli tinch aholi orasida Tif, beriberi, dizenteriya va bezgak kabi kasalliklar tarqalib, ko'plab halokatli yo'qotishlarga sabab bo'ldi. Tif epidemiyasi natijasida 10 mingga yaqin askarlar va tinch aholi, ularning aksariyati bolalar vafot etdi.

1942 yil boshida SSSRning harbiy holatining yaxshilanishi Polsha hukumati bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. 


Sovetlar Polshaga keyingi harbiy chaqiruvni qoldirib, uni faqat uchta respublika: Qirg'iz, Qozoq va O'zbek  SSR bilan cheklashdi.


15 mart 1942 yilga kelib, Polsha armiyasining soni 66 mingdan ortiq qo'shinga etdi va 1941 yil dekabrdagi Polsha-Sovet kelishuvlarida belgilangan miqdorga yetmadi. 


Shu bilan birga, 1942 yil fevral oyining boshlarida Sovet hukumati General Andersdan jangga tayyor bo'lmagan Polsha harbiy qismlarni frontga yuborishni talab qildi. SSSRdagi Polsha qurolli kuchlari qo'mondoni uning armiyasi kamida olti oy davomida jangovar tayyorgarlikka erisha olmasligini aytib, qat'iyan rad etdi; u ham frontga alohida bo'linmalarni yuborishga rozi bo'lmadi. Stalin Polsha askarlarni urushga „to’p go’shti” sifatida jo’natayotganidan gen. Anders saqlamog’chi bolgan.    

Ushbu vaziyatda General Andersning asosiy vazifasi Polsha armiyasi va tinch aholini qutqarish edi. 18 yil 1942 martda Stalin bilan uchrashuv davomida u Polsha armiyasining bir qismini Eronga evakuatsiya qilish masalasini ko'tardi. Diktator oziq-ovqat yetishmagan barcha askarlarning ketishiga rozi bo'lishdan tortinmadi.


Kelishuvlar natijasida hamda sovet yordami orqali 1942 y. 24 martdan do 5 aprelga qadar SSRI hududidan 44 mingga yaqin jumladan 33 ming askarlar chiqishdi. Turkmaniston SSR Krasnovodskdan (Turkmenbashi) dengiz orqali Pahlavi shahridagi Eron portiga   (Bandar-e Anzali) yetib kelishgan.


Sovet Ittifoqi hududida 40 mingdan ortiq Polsha askari qoladi. General Anders SSSRning harbiy ahvoli yaxshilangan taqdirida Polsha bo'linmalari tarqatib yuborilishi va askarlar yana lagerlarga qamalishi mumkinligi haqida o’ylagan. Polsha Armiyasining taqdiriga 1942 yil may oyining oxirida boshlangan General Ervin Rommelning hujumi bilan bog'liq Afrikadagi inglizlarning og'ir ahvoli ham ta'sir qildi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill Stalin bilan Polsha harbiylarni Eronga evakuatsiya qilish masalasini muhokama qiladi.

2 iyul 1942-yilda Londondagi Polsha Hukumati, Stalin SSSRdagi qolgan Polsha Armiyasini Yaqin Sharqqa chiqarish qarorni haqida bildi. 31 iyul kuni 1942-yilda Toshkentda Polsha-Sovet protokoli imzolandi; bu protokol orqali askarlar va ularning oila a’zolari Eronga evakuatsiya qilinadi.


1942 yil 19-31 avgust kunlari SSSR hududini  70 minga yaqin kishi, jumladan 25 ming dan ortiq tinch aholisi tark etdi. General Andersning harakatlar natijasida, evakuatsiya qilinganlar ichida 4 ming dan ortiq Polsha Yahudiylari ham mavjud bo’lgan. 


Turkman SSR Ashxobod shahridagi evakuatsiya punkti orqali, 1942 yil noyabr oyiga qadar tog'lar orqali, umumiy 2,5 ming kishidan ortiq shaxslar Eronga chiqdi - ulardan 700 dan ortiq askarlar va 2 ming dan ortiq tinch aholi, aksariyatining bolalardan iborat edi. Jami, 1942 yilda, SSRI dan 115 mingdan ortiq Polsha fuqarosi chiqqan, ulardan 77 ming askar va 40 mingdan tinch aholi (18 mingdan ortiq bolalar) edi.

Polyaklar Markaziy Osiyoda bo'lgan davrda o'zbeklar bilan ko'plab aloqalar o’rnatishgan. Qisqa vaqt davomida (1942 yil qish-kuz), uzoq xalqlar bir-biriga ta'sir ko'rsatdi va hatto ma'lum darajada bu munosabatlar qozoq jamiyati rivojlanishiga ta’sir beradi. 


1942 yil aprel oyida SSSRga Polsha armiyasining dala episkopi Yozef Havlinaning kelishi muhim voqeaga aylandi. U SSSR ga tashrif buyurgan birinchi katolik episkopi edi. 1942 yil iyun oyida Polsha harbiy qismlarga yetib borgan. Shifoxonalar, maktablar, bolalar uylariga tashrif buyurgan. Ko'pgina manbalarga ko'ra, episkopning tashrifi va ayniqsa amalga oshirilgan diniy xizmati NKVD taqiqlari va nazorat punktlariga qaramay, diniy bayramlarni kuzatgan mahalliy aholini ham o'ziga jalb qilgan. To'liq dinga qarshi Sovet Ittifoqida diniy faoliyat olib borish imkoniyati hamda haqiqati ijobiy ta'sir ko'rsatishi va kelajakka umid baxsh etishi uchun zarur bo’lgan.

II Jahon Urushi Muzeyi
Władysław Bartoszewskiego maydoni 1, 80-862 Gdańsk shahri

tel.: +48 58 323 75 20, fax: +48 58 323 75 30

e-mail: sekretariat@muzeum1939.pl

Sibir Xotira Muzeyi
Węglowa 1, ko’chasi 15-121 Białystok shahri

tel.: + 48 85 672 36 01

e-mail: sekretariat@sybir.bialystok.pl

Toshkentdagi Polsha Respublikasi Elchixonasi
O’zbekiston, Toshkent, Firdavsiy 66 ko’chasi. 100084

tel.: +998 78 120 86 51

e-mail: taszkent.amb.sekretariat@msz.gov.pl

Białystok